Jamiyat

Yagona raqamli fuqarolik pasporti joriy etilishi mumkin

U shaxsga oid qator hujjatlarni o‘z ichiga oladi.

Yagona raqamli fuqarolik pasporti joriy etilishi mumkin

 

“Prava”, “metrka”, “ZAGS” va yana qator hujjatlarni o‘z ichiga oladigan raqamli fuqarolik pasporti joriy etilishi mumkin. Bu haqdagi qaror loyihasi regulation.gov.uz portaliga muhokamaga qo‘yildi.

 

Xususan, pasport, haydovchilik guvohnomasi, avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risida guvohnoma, Oliy maʼlumot to‘g‘risidagi diplom va talaba to‘g‘risidagi maʼlumotlar hujjatlarni o‘z ichiga oladi.

 

Bundan tashqari, jismoniy shaxs tomonidan umumiy taʼlim muassasasini (11-sinf negizida) tamomlagani to‘g‘risida maʼlumot, koronavirusga qarshi emlanganlik holati to‘g‘risidagi maʼlumot, kadastr pasporti haqida maʼlumot, tug‘ilganlik va nikoh qayd etilganlik haqidagi dalolatnoma maʼlumotlari o‘rin oladi.

Yagona raqamli fuqarolik pasporti joriy etilishi mumkin | Zamon.uz