Bolalar kuniga sovg‘a sifatida 200 ming so‘mdan beriladimi?
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar yuzasidan izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda, Telegram‘ messenjeridagi kanal va guruhlarda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga sovg‘a sifatida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan barcha bolalarga 200 ming so‘mdan tarqatilishi aytilmoqda. AOKA xabar berishicha, mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.

Agentlik aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik borligini eslatgan.







