Jahon

Galata minorasining salobatini unga chiqib ko‘rgan insongina his etadi

Ushbu minora shaharning istalgan nuqtasidan ko‘rinadi.

Galata minorasining salobatini unga chiqib ko‘rgan insongina his etadi

                                   

Istanbul — ajoyib tarixga ega quyoshli shahar. Sayohatingiz marshrutini rejalashtirish va taʼtilingizning davomiyligini istagangiz ushbu shaharga kelishni tavsiya qilaman. Chunki bu yer kinolarda gavdalangan tarixiy joylarga tashrif buyurish lozim: barcha diqqatga sazovor joylar bir-biriga yaqin masofada joylashgan, yo‘lga ham vaqt sarflamaysiz. Ham vaqtingizni, ham naqdingizni ayaysiz.

 

Istanbuldagi Galata minorasi afsonalari bilan diqqatga sazovor, tarixiy ahamiyati bilan ajralib turuvchi, mahalliy va xorijiy sayyohlar tomonidan tez-tez ziyorat qilinadigan obida hisoblanadi.

 

 

Birinchi marta 528-yilda qurilgan va fonar minorasi sifatida ishlatilgan Galata minorasi bugungi kungacha ko‘p marta vayron qilingan va taʼmirlangan. Salib yurishlari paytida vayron bo‘lgan minora o‘rnida 1348-yilda geniyaliklar tomonidan Masihning minorasi deb nomlangan yangi minora qurilgan. Shu sababli Galata minorasining yoshi shu sanadan eʼtiboran hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan amalga oshirilgan taʼmirlash va tartibga solish ishlari natijasida hozirgi shaklini olgan minoraning qurilganligiga bugungi kunda 674 yil bo‘ldi. Dunyodagi eng qadimiy minoralardan biri bo‘lgan Galata minorasining yerdan to tomining uchigacha bo‘lgan balandligi roppa-rosa 69,90 metrni tashkil qiladi.

 

9 qavatli Galata minorasida 2 ta lift bor. Minora tepasiga chiqayotib, birinchi 6-qavatga lift orqali, qolganiga zinapoyalar bilan chiqiladi. Minoradan tushayotganda siz zinapoyadan to‘liq foydalanishingiz mumkin.

 

Minoraning meʼmori bitta emas

 

Yillar davomida ko‘plab meʼmorlar minoraga yangi qavatlar, deraza oynalari va liftlar kabi turli xil unsurlar bilan hissa qo‘shgan. Hozirgi kundagi minoraning meʼmori esa Ko‘ksal Anadoldir. Galata minorasi XV asrda Usmoniylar imperiyasi Istanbulni zabt etgandan keyin turklar tomonidan har yili yangilanib, takomillashtirilgan. Shuning uchun, binoning 3-qavatigacha bo‘lgan qismi Genuya meʼmoriy xususiyatiga ega bo‘lsa, ustki qavatlar Usmoniylar meʼmorchiligini namoyish qiladi.

 

 

Galata minorasi afsonasi

 

Eng qadimgi Galata minorasi afsonasining bir uchi rimliklarga borib taqaladi. Rimliklarning eʼtiqodiga ko‘ra, erkak va ayol birinchi marta Galata minorasiga birga borishsa, ular albatta turmush qurishadi. Biroq yigit va qizning qaysidir biri ilgari minorada bo‘lgan bo‘lsa, bu sehr yo‘qoladi.

 

Galata minorasining konussimon “qalpog‘i”

 

Minora XVI asrdan 1875 yilgacha olingan fotosuratlariga qaraganda, minoraning uchli konusga ega ekani ko‘rinadi. Biroq o‘sha yili bo‘ron minoraning konusini vayron qilib yuborganidan so‘ng, Galata minorasi bir muddat konussiz davrni yashadi.

 

 

Aslida, konussiz davrda Galata minorasini yangilash uchun arxitektor Aram Tahtajiyon tomonidan taqdim etilgan loyiha ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. Chunki loyiha ushbu hududdan teatr zali, restoran va o‘yin kulgilar zali sifatida foydalanishga asoslangan bo‘lib, o‘ziga xos konusni temir konstruksiyadan yasalgan qo‘shimcha bilan almashtirish edi. Agar bu loyiha amalga oshirilgan taqdirda, ehtimol Galata minorasining hozirgi taʼsirchan ruhi, o‘z o‘rnini butunlay boshqa atmosferaga bo‘shatib bergan bo‘lardi.

 

 

Baʼzilar Galata minorasiga chiqib, Istanbulning betakror manzarasini uzoq vaqt tomosha qilishni xush ko‘radi. Boshqalari Galata minorasining salobati va jonli holatini uzoqdan tomosha qilishni yaxshi ko‘radi.

custom img

Putin kuzda yangi safarbarlik e'lon qilishi mumkin

Rossiya prezidenti Donetsk va Lugansk viloyatlarining to‘liq nazoratini qo‘lga kiritishni asosiy maqsad deb bilmoqda.

custom img

Eronda Xomanaiyning dafn marosimidan so‘ng otishma yuz berdi

Imom Rizo maqbarasidan 15 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.

custom img

AQSh Adliya vazirligi Epshteyn ishi bo‘yicha tergovga to‘sqinlik qilishda ayblanmoqda

Nyu-Meksiko prokurori Adliya vazirliginining Epshteyn ishi bo‘yicha muhim hujjatlarni taqdim etmayotganini ma'lum qildi.

custom img

AQSh va Eron o‘rtasidagi texnik muzokaralar davom etmoqda — Reuters

Vashington Tehronni memorandum shartlariga rioya qilmayotganlikda ayblamoqda.

custom img

O‘zbekistonlik oilalar uchun barcha sharoitlarni yaratamiz — Aleksandr Lukashenko

Belarus prezidenti O‘zbekiston fuqarolarini, xususan oilalarni Belarusga kelib, yashash va ishlashga taklif qildi.

custom img

Ispaniyadagi o‘rmon yong‘inida 12 kishi halok bo‘ldi

Halok bo'lganlarning aksariyati avtomobillarda qochishga uringan paytda olov qurshovida qolgan.

custom img

Eronda Ali Xomanaiyning dafn marosimi yakunlandi

Marhum Imom Rizo maqbarasiga dafn etildi, marosimga uning to‘ng‘ich o‘g‘li boshchilik qilgan.

custom img

Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga revolver sovg‘a qildi

Sovg‘a ayrim delegatsiyalar uchun qurolni mamlakatiga olib kirish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqardi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Galata minorasining salobatini unga chiqib ko‘rgan insongina his etadi