Jamiyat

"To‘yda sho‘xlik qilib qo‘yibmiz..."

Andijonda bir nechta haydovchilar “drift” uyushtirishdi

"To‘yda sho‘xlik qilib qo‘yibmiz..."

 

Ularga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy chora ko‘rildi va avtomashinalar jarima maydonchasiga qo‘yildi.

 

Andijon viloyati Marhamat tumanida 4 nafar shaxs yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda avtomashinani guruh bo‘lib harakatlanganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqqa sizdirildi. 

 

Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB Axborot xizmati maʼlumot berdi. Unga ko‘ra, surishtiruv ishlari olib borildi va yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy chora ko‘rilib, ularning transport vositalari vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.

"To‘yda sho‘xlik qilib qo‘yibmiz..." | Zamon.uz