Samarqandda o‘qituvchi talabaga pichoq otdi
Holatga viloyat IIB izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda taʼkidlanishicha, Samarqand viloyatidagi Axborot texnologiyalari texnikumi talabasi o‘qituvchisi otgan pichoqdan jarohat olgan.
«O‘qituvchimiz men yotgan xonaga kelib, stol ustida turgan pichoqni menga otdi. Pichoq oyog‘imga qadalib qoldi», — deydi texnikum talabasi.
Samarqand viloyat IIB holatga munosabat bildirib, vaziyat o‘rganilayotganini maʼlum qildi.







