Jahon

Bangladeshda konteyner ombori yonib ketdi

Hodisa oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan.

Bangladeshda konteyner ombori yonib ketdi

 

Bangladesh janubi-sharqidagi konteyner omborida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Al-Jazeera” nashri xabar qildi.


Hodisa oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, 170 dan ortiq kishi jarohatlangan. Shifokorlarning aytishicha, qurbonlar soni ko‘payishi mumkin, chunki yaradorlarning ayrimlari og‘ir ahvolda.


Rasmiylar yong‘in shanba kuni kechqurun Chittagong port shahridan 40 kilometr uzoqlikda, Sitakundadagi konteyner inshootida sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Bu  bir nechta portlashlarga ham sabab bo‘lgan. 


Jabrlanganlar orasida o‘t o‘chiruvchilar va polisiya xodimlari ham bor. Ular yong‘indan keyingi portlashlar paytida jarohatlangan. 


“Hodisada 40 nafar o‘t o‘chiruvchi va 10 nafar politsiyachi jarohat oldi. Shuningdek, uch nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi”, — degan mahalliy polisiya boshlig‘i.


Aholining aytishicha, portlashlar mahallani larzaga solgan va yaqin atrofdagi uylarning oynalari singan. Chittagong fuqarolik jarrohi tumandagi barcha shifokorlarni yordam berishga va shoshilinch qon topshirishga chaqirgan.


Yong‘inning kelib chiqish sababi hozircha no‘ma’lum. O‘t o‘chirish xizmati xodimlari olov vodorod peroksid idishidan kelib chiqqan va boshqalariga ham tarqalib ketgan deb taxmin qilmoqda. 


Javohirbek TURSUNOV

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"