O'zbekiston

Samarqanddagi avtohalokatda 4 yoshli qiz vafot etdi

Hodisadan so‘ng haydovchi bolani shifoxonaga joylashtirib, voqea joyidan qochib ketgan.

Samarqanddagi avtohalokatda 4 yoshli qiz vafot etdi


Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi. 


Xabarda aytilishicha, voqea joriy yilning 31 may kuni sodir bo‘lgan. 15 hamda 4 yoshli qizaloqlar tumanning Kumushkent mahallasi hududidagi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotganda katta tezlikda harakatdanib kelgan Neksiya avtomashinasi 4 yoshli qizchani urib yuborgan. 


Hodisa oqibatida qiz og‘ir tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va shu yerda vafot etgan. Qoidabuzar haydovchi qizlarni shifoxonada qoldirib, o‘zi esa qochib ketgan.  


Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlarining tezkor qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida mazkur yo‘l-transport hodisasini sodir etgan etgan haydovchi topilgan. Hozirda u bilan tergov harakatlari olib borilmoqda. 


“O‘zimni umuman yo‘qotib qo‘ydim. Keyin birdan qo‘rqib mashinaga o‘tirdim-da ketdim”, — deydi 27 yoshli haydovchi. 


Marhumaning onasining aytishicha, qizcha bog‘chaga chiqaman deb, opasiga qo‘shilib ketgan. 15-20 minut o‘tib, uning avtohalokatga uchraganini haqida xabar yetib kelgan. 


Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Samarqand shahrining Firdavsiy ko‘chasida Neksiya haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgandi. Oqibatda fuqaro tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. 


Javohirbek TURSUNOV

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"