0

Aktrisadan navbatdagi qo‘shiq premyerasi

Dilnoza Kubayeva o‘z muxlislariga “Hayot go‘zal” nomli yangi taronasini taqdim etdi.

Aktrisadan navbatdagi qo‘shiq premyerasi

 

O’zbek kino va teatr san’atining yorqin yulduzi Dilnoza Kubayeva o’zining yangi klip premyerasini taqdim etdi.

 

Latofatli aktrisa kino va teatrda rol ijro etish bilan cheklanib qolmadi. U bugun, 7-iyun kuni yangi qo’shiq va unga ishlangan ajoyib klip premyerasini o’zining Instagram sahifasida muxlislar e’tiboriga havola qildi.

 

Qo’shiq so’zlari Doniyor Mirzo qalamiga mansub. Kompozitor — O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Sultonali Rahmatov.

 

Dilnoza Kubayevaning “Hayot go’zal” deb nomlangan ushbu taronasida sevgi va muhabbat tarannum etiladi. Qo’shiq sho’x va yoshlarbop bo'lib, aktrisa klip olishning qizg’in jarayonlari haqida Instagram sahifasida stories'lar joylab borgan edi.

 

Eslatib o’tamiz, ushbu tarona Dilnoza Kubayevaning xonanda sifatidagi ilk ijod mahsuli emas. U avvalroq, 9-may - Xotira va qadrlaah kuniga bag'ishlab “Elda bo’lsin” deb nomlangan taronani o’z muxlislarga taqdim etgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"