Jamiyat

Andijon shahar hokimining hamtovog‘i — viloyat XTB boshlig‘i ham qo‘lga olindi

Ular 48 milliard so‘m byudjet mablag‘larini talon-taroj qilganlikda gumonlanmoqda.

Andijon shahar hokimining hamtovog‘i — viloyat XTB boshlig‘i ham qo‘lga olindi

 

Andijon viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Mirkomilov 7 iyun kuni 48 mlrd so‘m byudjet mablag‘lari talon-taroj qilinishi holati bo‘yicha gumondorlardan biri sifatida qo‘lga olindi.

 

XTB axborot xizmati bu xabarni Kun.uz'ga tasdiqlab, tergov ketayotganini maʼlum qildi.

 

Mirkomilov hozirgi lavozimida 2020 yil fevralidan buyon ishlab kelayotgandi.

 

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 7 iyunda Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarov ham qo‘lga olingan edi. Hokim eski lavozimida (viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i) ishlagan vaqtda sheriklari bilan 48 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda.

 

May oyi holatiga, Bosh prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergov ishi doirasida 37 nafar shaxsga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olingan; yetkazilgan zararning 23 foizi qoplangan. Tergovni Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi olib bormoqda.

Andijon shahar hokimining hamtovog‘i — viloyat XTB boshlig‘i ham qo‘lga olindi | Zamon.uz