Qashqadaryoda xonadonida eshak so‘ygan er-xotin jazoga tortildi
Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tekshiruv va tergov davomida Abduhamid qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.R.ning yashash xonadonida eshak hayvonlari so‘yilayotgani tasdiqlangan.

9 iyun kuni o‘z xonadonida eshak so‘yishni kasb qilib olgan fuqaro N.R. va uning turmush o‘rtog‘i S.A.larning hatti-harakatlari Jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tumani sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, sud hukmi o‘qildi.
Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro N.R.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismi va 161-modda bilan 10 sutka qamoq jazosi tayinlandi hamda turmush o‘rtog‘i S.A.ga nisbatan Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 111-moddasiga asosan eng kam ish haqining 2 barobari miqdorida jarimaga tortildi.







