Shanxayda 2 milliondan ortiq kishi karantinga olindi
Ularning barchasi COVID-19‘ga test topshiradi.

Shanxay shahar maʼmuriyati yana 2.7 million kishini karantinga jo‘natdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
“Shanxay janubi-g‘arbidagi 2.7 million aholi yashaydigan Minxan tumani “yopiq boshqaruv” rejimiga o‘tdi. Uning barcha aholisi COVID-19‘ga test topshiradi”, – deyiladi xabarda.
Shahar maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, barcha test namunalari o‘rganilganidan so‘ng karantin tugatiladi. Shu bilan birga bu bo‘yicha aniq muddatlar belgilanmagan.
Avvalroq Shanxayda iyul oxirigacha barcha karantin cheklovlari bekor qilinishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







