O'zbekiston

2022-yil oxirigacha Toshkent metrosida 5 ta yangi bekat ish boshlaydi

Prezident metro qurilishi bo‘yicha loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

2022-yil oxirigacha Toshkent metrosida 5 ta yangi bekat ish boshlaydi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 iyun kuni Toshkent yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichi qurilishi bilan tanishish chog‘ida jamoat transporti tarmog‘ini kengaytirish va metropoliten infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.


Bugun, 13 iyun kuni ushbu ishlarni tashkil etishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishildi. Jumladan, qurilayotgan yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichini davom ettirib, Sergeli yo‘nalishi bilan bog‘lash, zamonaviy qurilish uslublarini tatbiq etish, metro poyezdlarini yangilash, yo‘lovchi oqimini yanada oshirish rejalari haqida axborot berildi.


Ma’lum qilinishicha, yerusti metrosining ikkinchi bosqichi doirasida beshta bekatni shu yil yakunida va qolgan ikkitasini kelgusi yil Navro‘zda ishga tushirish mo‘ljallangan. Bu orqali 62 ta mahalladagi 250 mingga yaqin aholi metropoliten bilan qamrab olinadi.
Davlat rahbari barcha yo‘llarda insonlarga qulaylik va xavfsizlik birinchi o‘rinda bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. Metropoliten uchun 14 ta yangi poyezd olib kelish, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Innovasion yondashuvlarni keng qo‘llagan holda metropolitenni kompleks rivojlantirish hamda Transport universiteti bilan birgalikda professional kadrlar tayyorlash uchun xorijdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.


Toshkentda jamoat transporti yetib bormagan 26 ta mahallaga avtobus yo‘nalishlari ochilib, metro bilan bog‘lanadi. Buning uchun qo‘shimcha elektrobuslar xarid qilinadi.


Hisob-kitoblarga ko‘ra, Toshkent viloyatidan poytaxtimizga kuniga 1 milliondan ziyod yo‘lovchi kirib keladi. Ularni metro bekatlariga yo‘naltirib, ham aholiga, ham transportlarga yengillik yaratish zarurligi aytildi.


Zamonaviy elektropoyezdlar keltirib, “Toshkent – Xojikent”, “Toshkent – Bekobod” va “Toshkent – Angren” yo‘nalishida tezyurar qatnov yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

 

Yangi metropoliten yo‘nalishi bo‘yida joylashgan mahallalarni obodonlashtirish muhimligi ta’kidlandi. Loyihalarni takomillashtirib, qaror loyihasi ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

 

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Ayol Xabarovskda Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganligi sababli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘xtatilgan.

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

2-noyabrga o‘tar kechasi havo sifati AQI bo‘yicha «nosog‘lom», milliy indeks bo‘yicha esa «zarg‘aldoq» darajaga yetishi mumkin.

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

U shifoxonaga yetkazilgani, hozirda ahvoli barqarorligi bildirildi.

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Kechki qatnovlar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan.

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.