0

Andijonda yuk ortilgan yengil mashina piyodani urib yubordi

Oqibatda u vafot etgan.

Andijonda yuk ortilgan yengil mashina piyodani urib yubordi

 

Joriy yilning 14-iyun kuni tongi soat 05:00 larda asli namanganlik bo‘lgan haydovchi K.X. (2000 yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi M-412 rusumli 60 F 146 BA d.r belgili avtomobilini boshqarib ketayotib, Andijon tumani Jahonobod MFY hududidan o‘tgan 4R112 “Farg‘ona xalqa yo‘li”ning 28-kilometrida  piyoda A.Hga tan jarohati yetkazgan.  Bu haqda “Zamon.uz”ning viloyatdagi muxbiri xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, haydovchi yengil mashinada darvoza ortib ketayotgan bo‘lgan.

Piyoda A.H. (Andijon tumani Zavraq MFY Barhayot ko‘chasi 110-uyda yashovchi) avtomashinaga yuklangan darvozaning cheti tegib ketishi oqibatida tan jarohati olib, tuman SHTTYOBga yotqizilgan.

 

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan piyoda kasalxonada vafot etgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"