Samarqandda soxta ichki ishlar xodimasi ushlandi
Ayol yo‘l-patrul xizmati tekshiruvida qo‘lga olingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimi kiyimlarini kiyib yurgan soxta xodima haqida xabarlar tarqaldi.
Bu Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida o‘tkazilgan yo‘l-patrul xizmati tekshiruvida maʼlum bo‘lgan.
Suhbat davomida aniqlanishicha, u formani Samarqand shahrida joylashgan chevarxonalarning biridan sotib olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada soxta YHXB inspektori qo‘lga olingani xabar qilingandi.







