Dunyo aholisining 33 foizi koronavirusga qarshi emlanmagan
Hozirgacha umumiy hisobda 590 million doza vaksinadan foydalanilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Xans Genri Klyugening aytishicha, dunyo aholisining uchdan bir qismi haligacha koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini olgani yo‘q.
"Bugun, COVID-19 ga qarshi emlash boshlanganidan 1,5 yil o'tib, dunyo aholisining 33 foizi hali vaksina olmagan", - dedi Klyuge.
Uning taʼkidlashicha, butun dunyo boʻylab 500 milliondan ortiq, Rossiyada esa 90 milliondan ortiq kishi Sputnik V vaksinasidan foydalangan.







