Jamiyat

“Eshik ochiq ekan...mashinani olib qochdim”

Chirchiqda avtomobil olib qochgan shaxs ushlandi.

“Eshik ochiq ekan...mashinani olib qochdim”

 

Chirchiq shahar "Amir Temur" ko'chasidagi svetoforning taqiqlovchi qizil chizig'ida harakatlanayotgan "Vazz 21 02" rusumli avtomobilning noma’lum shaxs tomonidan olib qochildi. Bu Chirchiq shahar IIO xodimlari tomonidan o’tkazilgan tezkor tadbirda ma’lum bo’ldi.

 

Xabarda ushbu transport vositasi haydovchisi hech qanday hujjatlarsiz avtoulovni olib qochgan holda boshqarib, mastlik holatida bo'lgani aytilmoqda.

 

Kuzatuv kamerasiga tushib qolgan lavhalar haydovchi transport vositasini spirtli ichimlikdan mast bo'lgan holda olib qochganini ko’rsatmoqda.

 

 

"Men mashinaga qaradim. Eshik ochiq edi. Mashinaga o'tirdim. Kalit joyida turgan ekan, o't o'ldirib uni olib qochdim. Keyin meni Gayi to'xtatib, qo'lga olib shahar bo'limiga olib keldi ", – degan u.

  

 

“O'zimning aybim bilan bo'ldi, kalit mashinamni o'zida turgan edi.  Noma'lum shaxs o'g'irlab ketganisababli ichki ishlarga telefon qildim. Ular zudlik bilan chora ko'rishib mashinamni to'xtatib berishdi.  Ichki ishlar xodimlariga o'z minnatdorligimni bildiraman”, – deydi jinoyat sodir etilishiga sharoit yaratib bergan avtomobil egasi.

 

 

Mashina vaqtinchalik jarima maydoniga qo'yilgan, haydovchi esa Chirchiq shahar navbatchilik qismiga bildirgi asosida olib borilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

“Eshik ochiq ekan...mashinani olib qochdim”