0

Bir yildan buyon qidirilayotgan shaxs ushlandi

U "Lacetti" avtomobilida harakatlanib ketayotgan bo'lgan.

Bir yildan buyon qidirilayotgan shaxs ushlandi

 

Kecha Uchtepa tumanida “Xamkor-29” tadbiriga xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari tomonidan qidiruvdagi shaxs qo’lga olingan.

 

 Ma’lum bo’lishicha, u tumanning Zargarlik koʻchasi Al-Xorazmiy aylanma harakatida “Lasetti” rusumli avtomobilini boshqarib kelayotgan paytida toʻxtatib qolingan.

 

 Ushbu fuqaro Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Qiziljar QFYda roʻyxatda turuvchi 27 yoshli J.M. planshetdagi mavjud Oʻzbekiston Respublikasi IIV “ABD” tizimidan tekshirilganida, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi bilan ayblanib, 272371/2021-92DG-sonli jinoyat ishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi IIV tomonidan 2021- yilning 29-may kunidan qidiruvda ekanligi aniqlangan.

 

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Uchtepa tumani IIO FMBga topshirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"