Dunyoda qo‘yish taqiqlangan ismlar ro‘yxati ochiqlandi
“Silive.com” nashri dunyo mamlakatlarida qo‘yilishi man etilgan ismlar ro‘yxatini eʼlon qildi.

Unda ushbu ismlarning qanday sabablarga ko‘ra taqiqlangani ham aytilgan.
Qayd etilishicha, quyida keltiriladigan ismlar bir hudud uchungina tegishli hisoblanadi.
Meksika, Sonora shtati: Facebook
Ismning maʼnosi: ijtimoiy tarmoq.
Taqiqlanish sababi: Meksikaning ushbu shtatida «mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan» ismlar qo‘yish taqiqlangan.
Meksika, Sonora: Garri Potter
Ismning maʼnosi: romanlardagi xayoliy sehrgar bilan bog‘liq.
Taqiqlanish sababi: ism bolani masxara qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Avstraliya: Ikea
Ismning maʼnosi: Shvetsiya mebel supermarketlari tarmog‘i.
Taqiqlanish sababi: bola ismiga mos kelmaydi.
Avstraliya: iMac
Ismning maʼnosi: Apple tomonidan ishlab chiqarilgan stol kompyuteri.
Taqiqlanish sababi: bu shaxsning ismi emas, balki buyum.
Argentina: Messi
Ismning maʼnosi: afsonaviy futbolchi Lionel Messining familiyasi.
Taqiqlanish sababi: familiyalarni ism sifatida ishlatish mumkin emas.
Saudiya Arabistoni: Linda
Ismning maʼnosi: yumshoq, muloyim, chiroyli.
Taqiqlanish sababi: xorijiy.
Saudiya Arabistoni: Amir
Ismning maʼnosi: knyaz.
Taqiqlanish sababi: saudiyaliklar farzandlariga qirollik oilasiga tegishli ismlarni qo‘ymasligi kerak.
Saudiya Arabistoni: Malek
Ismning maʼnosi: shoh.
Taqiqlanish sababi: bu ism faqat qirollik oilasi aʼzolari uchun mo‘ljallangan.
Buyuk Britaniya: Sianid
Ismning maʼnosi: halokatli zahar.
Taqiqlanish sababi: Ism kelajakda bolaga zarar yetkazishi mumkin.
Germaniya: Usama bin Laden
Ismning maʼnosi: “Al-Qoida” sobiq rahbarining ismi.
Taqiqlanish sababi: haqoratomuz.
Yaponiya: Akuma
Ismning maʼnosi: shayton.
Taqiqlanish sababi: bolani masxara qilishdan himoya qilish.
Germaniya, Malayziya, Meksika va Yangi Zelandiya: Adolf Gitler.
Ismning maʼnosi: fashistlar Germaniyasi rahbarining ismi.
Taqiqlanish sababi: haqoratomuz.







