Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi
Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

2026-yil 25-oktyabr kuni soat 22:44 da Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 149 kilometr chuqurlikda joylashgan. Uning epitsentri Toshkentdan 577 kilometr janubi-sharqda qayd etilgan.
Yer silkinishi O‘zbekistonning ayrim hududlarida ham sezilgan. Xususan, Surxondaryo, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida zilzilaning sezilish kuchi 2 ballni tashkil etgan.
Zilzila epitsentridan Surxondaryo viloyatigacha bo‘lgan masofa 344 kilometr, Farg‘ona viloyatigacha 465 kilometr, Qashqadaryo viloyatigacha esa 539 kilometrni tashkil etgan.








