O'zbekiston

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib boriladigan rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Toshkent shahrining olti tumanida 26-oktyabr kuni soat 09:00 dan 27-oktyabr soat 14:00 ga qadar ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar suv ta’minoti xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, uzilishlar 2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib boriladigan rejali profilaktika va ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.

 

Suv ta’minoti quyidagi hududlarda vaqtincha to‘xtatiladi:

 

  • Yashnobod tumani: Jarboshi, Hilol, Arg‘in, Toshisti, Mohirlar, Tovkentepa, Bog‘bon, Qalqon, Olmos, Uysozlar, O‘rta masjid, Katta Qo‘yliq, Qo‘yliqobod, Yosh avlod, Mumtoz, Yangiqo‘rg‘on va Uchchinor mahallalari. Shuningdek, Ohanrabo mavzesi, non ishlab chiqarish korxonasi, Uysozlar ko‘chasidagi harbiy qism, Yangiobod va Gumbaz bozorlari hamda Olimpiya shaharchasi.
  • Bektemir tumani: Mirishkor, Rohat, Zilola, Iqbol, Chashma, Majnuntol, Iyk ota, Gulbog‘, Abay, Husayn Boyqaro, Bektemir, Oltintopgan, Nurafshon, Musaffo, Sohil, Nurli yo‘l va Ustozlar mahallalari. Shuningdek, Vodnik issiqlik markazi, tuman hokimligi va prokuraturasi, Denis non sexi, Ichki ishlar boshqarmasining o‘quv binosi, Profi University, spirt ishlab chiqarish zavodi, Artel zavodi, Qo‘yliq dehqon bozori, 39-sonli ko‘p tarmoqli shifoxona, 69-sonli oilaviy poliklinika, tez tibbiy yordam bo‘limi, Milliy gvardiya harbiy qismi, golf klubi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va jinoyat ishlari bo‘yicha sud binosi.
  • Sergeli tumani: Quruvchilar mavzesi, Pepsi zavodi, Sergeli-2, 5, 5A, 6, 6A, 7, 7A, 8 va 8A mavzelari hamda Quxna Qumariq, Nomdanak, Qorasuv, Daryobo‘yi, Eski Jaloir, Qipchoq, O‘zgarish, Habibiy, Mehrigiyo, Ziynat, Ezgulik, Madadkor, Ittifoq, Nilufar, Yangi Bunyodobod, Asrobod, No‘g‘oyqo‘rg‘on, Qubaytepa, Belarik, So‘g‘diyona, Qumariq, Qo‘shqo‘rg‘on, Sofdil, Sadoqat, Xontepa, Xonobod, Eshonbuloq, Xonobodtepa, Farog‘atli, Keng makon, Izzatli, Shukrona, Madaniyat va ma’rifat, Birdamlik, Xalqobod, Madaniyat va Sultonobod mahallalari. Shuningdek, 8-sonli issiqlik qozonxonasi, Sanoatenergo qozonxonasi, GM zavodi va Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti.
  • Mirobod tumani: Fayziobod, Oq uy, Bayot, Qo‘yliq ota, Ziyonur, Yuksalish, Chinor, Bilimdon, Tolariq, Yangi Qo‘yliq, Parvona va Baratxo‘ja mahallalari, shuningdek, 6-sonli issiqlik qozonxonasi.
  • Yangihayot tumani: Tashabbus, Yangi Umid, Yangihayot, Oriyat, Marhamat, Gulshanobod, Yangi turmush, Yangi Darxon, Navqiron, Mash’al, Zarbdor, Do‘stlik, Charog‘on, Humo, Olchazor, Xushnud, Chorbog‘ va Yorqin hayot mahallalari.
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: Yangi O‘zbekiston bog‘i, 70-sonli oilaviy poliklinika, 344-sonli maktab, 70 va 69-sonli bolalar bog‘chalari, To‘qaytepa jome masjidi, CAU va TEAM universitetlari, 343-sonli umumta’lim maktabi, Mehnat muhofazasi instituti, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati hududiy bo‘limi, Tanho Holding zavodi hamda Temuriylar, Sarbon, Gulzorobod, Ko‘hna meyvazor, Chingeldi, Ijodkor, Alisherobod va Geologlar mahallalari.

 

Toshkent shahar suv ta’minoti ma’lumotiga ko‘ra, qozonxonalardagi suv ta’minoti uzilishi sabab ayrim hududlarda issiq suv va ichimlik suvi bir vaqtda to‘xtashi mumkin.

 

Suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan manzillarga maxsus texnikalar orqali ichimlik suvi yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

 

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilish mumkin: (+998 71) 256-10-95, (+998 71) 252-60-08 yoki 1054.

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga o‘sdi.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.