Toshkentning 8 ta tumanida issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi
Bu bo‘yicha shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi.

Ertaga Toshkent shahrining ayrim tumanlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, “ToshIEM”ga keluvchi yuqori bosimli magistral gaz quvurida nosozlik yuzaga kelgan. Shu sababli bir necha tumanlarning ayrim hududlarida 20 iyun kuni soat 18:00 dan 21 iyun soat 06:00 ga qadar issiq suv ta’minoti vaqtincha qisman to‘xtatiladi.
Ular:
— Mirobod;
— Yakkasaroy;
— Yashnobod;
— Mirzo Ulug‘bek;
— Yunusobod;
— Shayхontohur;
— Chilonzor;
— Sergeli.
“Yuqori bosimli gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilishi bilan issiq suv ta’minoti tiklanadi”, —deyiladi xabarda.








