Termiz shahar IIB boshlig‘i tumanga hokim bo‘ldi
Qumqo‘rg‘on tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Gapparov Rahmatullo Boboxonovich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Normamatov Anvar Mamatovich tayinlandi.
Anvar Normamatov 1981-yil 10-martda Angor tumanida tug‘ilgan. 2003-yil O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasini tugatgan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi huquqshunos.
Anvar Normamatov 2021-yildan buyon Termiz shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.







