Boyovut tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi ishxonasida o‘zini osib qo‘ydi
Aniqlanishicha, xodim shaxsiy muammolari sababli o‘z joniga qasd qilgan.

Sirdaryo viloyati prokuraturasi Matbuot xizmatining xabar qilishicha, 13 iyun kuni tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi yetakchi mutaxassisi vazifasida ishlab kelgan T.B. o‘zi ishlab kelgan tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi maʼmuriy binosining ikkinchi qavatidagi bo‘sh xonasida, ishi bilan bog‘liq bo‘lmagan va hozirda aniqlik kiritilayotgan shaxsiy muammolari sababli xona eshigining to‘siniga sirtmoq bilan bo‘yin qismidan osib, o‘z joniga qasd qilgan.
Hodisa joyi Boyovut tumani prokurori, tuman IIB boshlig‘i, tuman IIB tezkor-tergov guruhi aʼzolari va tuman prokuraturasi tergovchisi tomonidan ko‘zdan kechirilib, bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







