Ta'lim

Prezident universitetiga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga!

Mazkur universitetga qabul muddati uzaytirilgani maʼlum qilindi.

Prezident universitetiga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga!

 

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident universitetida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda...

 

QABUL jarayonlari MUDDATI UZAYTIRILDI.

 

Hujjatlar qabuli shu yilning 30-iyun kuniga qadar DAVOM ETADI.

 

Sizdan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

 

Pasport yoki ID karta elektron nusxasi;

 

Umumiy o‘rta taʼlimni bitirganligi to‘g‘risidagi shahodatnoma yoki kollej/litsey diplomi (agar abituriyent hali ushbu hujjatni olmagan bo‘lsa, o‘rta taʼlim muassasasini bitiruvchisi ekanligi haqida maʼlumotnoma);

 

IELTS 5.5 (Sanoat boshqaruvi yo‘nalishi uchun 6.0) yoki

TOEFL iBT 46 (Sanoat boshqaruvi yo‘nalishi uchun 60) va undan yuqori ballni ko‘rsatuvchi original SERTIFIKATIning elektron nusxasi (ushbu sertifikat haqiqiy ekanligi tekshiriladi);

 

Oxirgi 3 oy ichida olingan 3*4 rasm.

 

Arizalar joriy yilning 30-iyun kuniga qadar https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.

custom img

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

custom img

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

custom img

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Markaziy Osiyo yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantiriladi

Samarqandda Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Rim shahrida O‘zbekiston–Italiya oliygohlari rektorlari Ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim tizimidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"