Saida Mirziyoyeva Kanada elchisi bilan uchrashdi
Uchrashuvda viza tartiblarini yengillashtirish masalasi ham muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi Kristofer Daggan bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi savdo, investitsiya va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish, ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda viza tartiblarini yengillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyeva qo‘shma tashabbuslar ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi, shuningdek, odamlar uchun keng imkoniyat va qulayliklar yaratishiga ishonch bildirdi.








