Qurbon hayiti munosabati bilan aholi necha kun dam olishi maʼlum bo‘ldi
Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga ko‘ra, Qurbon hayiti 2022-yil 9-iyulga to‘g‘ri keladi.

Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq, 11-iyul (dushanba) barcha xodimlar uchun (ish haftasi turidan qatʼiy nazar) qo‘shimcha ishlanmaydigan kun sifatida belgilangan.
▪️ Bundan tashqari, besh kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlarning dam olish kuni 16-iyul, shanba kunidan 12-iyul, seshanba kuniga ko‘chirildi.
▪️ Olti kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun 12-iyul, seshanba kuni ham qo‘shimcha ishlanmaydigan kun sifatida belgilangan.
Shu tariqa, O‘zbekiston aholisi Qurbon hayitida quyidagi kunlarda dam oladi:
▫️9-iyul — shanba (dam olish kuni - hali rasman tasdiqlanmagan);
▫️10-iyul — yakshanba (taqvim bo‘yicha dam olish kuni);
▫️11-iyul — dushanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun);
▫️12-iyul — seshanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun/ko‘chirilgan dam olish kuni).







