Vayronalar ostida qolgan uylar, yuzlab qurbonlar...
Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi.

Oqibatda, yuzga yaqin uy vayron bo‘lgan, vayronalar ostida yana odamlar borligi aytilmoqda.
Afg‘oniston sharqida chorshanba kuni tongda yuz bergan kuchli zilzilada kamida 300 ga yaqin odam halok bo‘lgan. 6 magnitudali zilzila Paktika viloyatida qayd etilgan. Mahalliy Baxtar axborot agentligi qurbonlar soni haqida xabar berib, qutqaruvchilar vertolyotda yetib kelganini aytdi.
Mamlakatdagi Qizil Xoch xodimlari yordam berish uchun hududga safarbar etilgan.







