Jamiyat

23-iyun respublikada kuzatiladigan ob-havo eʼlon qilindi

“O‘zgidromet” bugun yurtimizda kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini maʼlum qildi.

23-iyun respublikada kuzatiladigan ob-havo eʼlon qilindi

 

 Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 10–12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18–20 daraja, kunduzi 34–36 daraja bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 35–40 daraja bo‘ladi.

 

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33–38 daraja bo‘ladi.

 

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo‘ladi.

 

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo‘ladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 33–38 daraja bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16–21 daraja, kunduzi 27–32 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9–14 daraja, kunduzi 20–25 daraja bo‘ladi.

23-iyun respublikada kuzatiladigan ob-havo eʼlon qilindi | Zamon.uz