0

Andijonda nega nogironligi bor shaxs avtobusga chiqarilmadi?

Transport vazirligi holatga munosabat bildirdi.

Andijonda nega nogironligi bor shaxs avtobusga chiqarilmadi?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi avtobus yo‘nalishlarida imkoniyati cheklangan fuqarolarning jamoat transporti xizmatidan foydalanish holatini o‘rganish aks etgan ijtimoiy videorolik tarqaldi.   

 

Unga ko‘ra, yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan avtobus haydovchilari turli bahonalar bilan nogironligi bo‘lgan shaxsning jamoat transporti xizmatidan foydalanishini rad etishgan.

 

Holat yuzasidan Transport vazirligi matbuot xizmati munosabat bildirdi. Vazirlik ushbu holatni yangi ishlayotgan haydovchilarda ko‘nikma mavjud emasligi bilan izohladi.

 

Yuqoridagi holat Andijon viloyati Transport boshqarmasi tomonidan nazoratga olingani va maxsus ishchi guruhi tuzilib yo‘nalishlarda o‘rganish ishlari o‘tkazilgani aytilmoqda.  O‘rganish davomida “Alpomish Merosi” MCHJ tomonidan yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan barcha yangi avtobuslarda pandus (apparel) uskunasi texnik soz holatda ekanligi ma’lum bo‘lgan.

 

Shunga qaramay, korxonaga ishga yangi kelgan haydovchilarning aksariyatida ushbu uskunadan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalari mavjud emasligi aniqlandi.

 

Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda joriy yilning 22 aprel kuni viloyat transport boshqarmasida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgandi.

 

Yig‘ilishda barcha toifadagi yo‘lovchilarga sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, pandus (apparel) bilan jihozlangan avtobus haydovchilariga zarurat tug‘ilganda ushbu uskunadan to‘g‘ri foydalangan holda yo‘lovchilarga xavfsiz xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"