O'zbekiston

Samarqandda 2 nafar IIB xodimi va 1 nafar yo‘lovchi avtohalokatda vafot etdi

Yana 5 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Samarqandda 2 nafar IIB xodimi va 1 nafar yo‘lovchi avtohalokatda vafot etdi

 

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.


Hodisa 23-iyun kuni soat 00:30 larda Toyloq tumani “Charog‘bon” mahallasi hududidan o‘tuvchi A-377 avtomobil yo‘lining 7-kilometrida yuz bergan. Toyloq tumani IIB HPB profilaktika inspektori leytenant M. Xursandov boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya-2” (d/r 30 021 NAA) yo‘lning Urgut yo‘nalishi tomon qayrilayotgan vaqtida, qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan, Toyloq tumanida yashovchi 2003-yilda tug‘ilgan fuqaro A. P.  boshqaruvida bo‘lgan “Malibu” (d/r 30 O 201 XA) bilan to‘qnashuv sodir etgan.


Shundan so‘ng “Neksiya-2” avtomashinasida bo‘lgan M. Xursandov, Toyloq tumani IIB HPB katta profilaktika inspektori mayor R. Razzoqov hamda Toyloq tumanida yashovchi, 1957 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh. M. lar og‘ir tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.


Bundan tashqari, “Neksiya-2” avtomashinasida bo‘lgan Toyloq tumanida yashovchi A. I. va N. M., shuningdek, “Malibu” haydovchisi A. P. va Toyloq tumanida yashovchi A. M. va A. R. tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.


Mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.