O'zbekiston

Avstraliya mehnat bozoriga yo‘l ochilmoqda: o‘zbekistonlik mutaxassislar ishga jalb etilishi mumkin

Avstraliyaning Shimoliy hududi vakillari bilan o‘zbekistonlik malakali ishchilarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Avstraliya mehnat bozoriga yo‘l ochilmoqda: o‘zbekistonlik mutaxassislar ishga jalb etilishi mumkin

 

Avstraliya O‘zbekistondan malakali ishchilarni jalb qilishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi va mamlakatning Singapurdagi elchixonasi ko‘magida Avstraliyaning Shimoliy hududi vakillari bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazildi.

 

Uchrashuvda o‘zbekistonlik mutaxassislarni Avstraliyada ish bilan ta’minlash imkoniyatlari muhokama qilindi. Xususan, Avstraliyaning malakali ishchi kuchiga, jumladan, neft va gaz sanoatidagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarini uyushgan va qonuniy asosda ishga joylashtirish, ularning kasbiy hamda til tayyorgarligini xalqaro talablarga moslashtirish va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

Tomonlar ikki mamlakat fuqarolarining huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadida dastlabki konsullik maslahatlashuvlarini o‘tkazish masalasini ham ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

 

Muzokaralarda Migratsiya agentligi va Kasbiy ta’lim agentligi vakillari ham ishtirok etib, O‘zbekistonning inson resurslari salohiyatini taqdim etdi.

Bog‘chalardagi bolalarda ko‘z kasalligi tarqalayaptimi?

Bog‘chalardagi bolalarda ko‘z kasalligi tarqalayaptimi?

Toshkent viloyati SSB tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.

“BBB-” darajasiga erishish uchun bir pog‘ona qoldi — Saida Mirziyoyeva

“BBB-” darajasiga erishish uchun bir pog‘ona qoldi — Saida Mirziyoyeva

O‘zbekistonning suveren kredit reytingi “barqaror” prognoz bilan “BB+” darajasiga ko‘tarildi.

Ikki oylik iste’mol uchun yetarli: O‘zbekistonda benzin zaxirasi yaratildi

Ikki oylik iste’mol uchun yetarli: O‘zbekistonda benzin zaxirasi yaratildi

Talab oshgan taqdirda birja savdolariga kuniga 10 ming tonnagacha benzin chiqarishi mumkin.

Yevropaliklarni chuv tushirgan: Toshkentda yashirin call-markaz aniqlandi

Yevropaliklarni chuv tushirgan: Toshkentda yashirin call-markaz aniqlandi

Markaz xorijliklarga soxta hujjatlar va treyding bo‘yicha treninglar taklif qilib, kriptoaktivlarini o‘zlashtirgan.

Avtobus oynalari nega qoraytirilgan? “Toshshahartransxizmat” sababini tushuntirdi

Avtobus oynalari nega qoraytirilgan? “Toshshahartransxizmat” sababini tushuntirdi

Toshkent avtobuslaridagi qoraytirilgan oynalar va ishlamayotgan elektron tablolar yuzasidan e’tirozlar bildirilgan edi.

Toshkentda havo sifati o‘zgaradi: kechasi ayrim soatlarda "nosog‘lom" darajaga yetishi mumkin

Toshkentda havo sifati o‘zgaradi: kechasi ayrim soatlarda "nosog‘lom" darajaga yetishi mumkin

21-noyabr kuni ertalab AQI bo‘yicha “o‘rtacha” daraja qayd etilishi kutilmoqda.

Kelib chiqishi noma’lum go‘sht: Qarshida xonadondan 425 kg go‘sht topildi

Kelib chiqishi noma’lum go‘sht: Qarshida xonadondan 425 kg go‘sht topildi

Go‘shtning iste’molga yaroqliligi yuzasidan laboratoriya tekshiruvi o‘tkaziladi.

Mahalliy qurilish materiallari qo‘llab-quvvatlanadi: 200 mln dollarlik imtiyozli kredit liniyasi ochiladi

Mahalliy qurilish materiallari qo‘llab-quvvatlanadi: 200 mln dollarlik imtiyozli kredit liniyasi ochiladi

Prezident 31 ta loyiha institutining faoliyatini zamon talablariga moslashtirish, ularga zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or yechimlarni joriy etish zarurligini ta’kidladi.