Ta'lim

Ko‘ngillilar Afg‘onistondagi bolalar uchun ko‘chma maktablar tashkil etmoqda

Afg‘onistondagi yillar davomida davom etayotgan harbiy to‘qnashuvlar va siyosiy inqirozlar sabab, ko‘pincha qishloq bolalarining hammasi ham maktabga borib, taʼlim ololmaydi.

Ko‘ngillilar Afg‘onistondagi bolalar uchun ko‘chma maktablar tashkil etmoqda

 

Bu haqda Anadolu agentligi ma'lum qildi.

 

BMT Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining yanvar oyidagi hisobotiga ko‘ra, mamlakatda maktab yoshidagi 7,9 million bola taʼlim muassasalariga kirishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda.

 

"Qalam yo‘li" uyushmasi 2009-yilda bu muammoni bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan. Bu o‘nlab maktablarni qaytadan kashf etishga hissa qo‘shdi. Shuningdek, ko‘chma maktablar va kutubxonalar yaratdi. Uyushma ayni paytda Qandahorning Maʼruf va Spin Boldak tumanlaridagi 16 qishloqqa xizmat ko‘rsatmoqda. Ko‘ngilli o‘qituvchilar har kuni qishloqlar bo‘ylab kitoblar va o‘quv materiallari ortilgan zaranjlar deb nomlangan uch g‘ildirakli mashinalarda yurib, Afg‘oniston Taʼlim vazirligining o‘quv dasturi asosida bolalarga saboq berishadi.

“Tolibon” hokimiyat tepasiga kelishidan oldin, uyushma bolalar taʼlim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan mojaro hududlarida joylashgan qishloqlarga alohida eʼtibor qaratgan. Tashkilot qizlarning maktabga borishi uchun ijtimoiy aksiyalar ham uyushtirdi.

 

"Qalam yo‘li" hudud yetakchilari, jamoat va diniy arboblar, shuningdek, turli sohalardagi tadbirkorlar va ko‘ngillilardan yordam oladi.

 

Hozirgacha “Tolibon” 7-12 yoshli qizlarni maktabga kirishiga ruxsat bermagan. Uyushma bu muammoga ham eʼtibor qaratdi: turar-joy binolarida o‘zgartirilgan sinflarda ular uchun "maxfiy maktablar" yaratdi.

Ammo minglab bolalarga taʼlim olish imkoniyatini bergan assotsiatsiya xalqaro hamjamiyatning yordamiga muhtoj.

 

Uyushma rahbari Matiulla Vasa shunday deydi:

 

“Hozir Afg‘onistonda vaziyat juda og‘ir. Bizga yordam kerak. Afg‘onlarning o‘zlari qo‘lidan kelgan hamma narsani qila olishi uchun bu ishni boshladik. Biz o‘qituvchilar bo‘lmagan joyda mashg‘ulotlarni tashkil qilamiz. Chekka hududlar uchun ko‘chma maktablar bolalarning bilim olishi uchun yagona umiddir”.

Uning aytishicha, Pen Path qizlarni o‘qitish uchun onlayn darslar ochishni rejalashtirmoqda va hukumatdan maktab taʼlimiga eʼtiborni kuchaytirishni talab qilmoqda:

 

“Biz “Tolibon”ga qizlar uchun maktablar ochish zarurligi, urush tufayli so‘nggi 20 yil davomida taʼlim muassasami yo‘q joylarda maktablar qurish, shuningdek, taʼlimni rivojlantirish uchun maxsus byudjet mablag‘lari ajratish haqida gapiryapmiz".

 

Ko‘chma maktabning ko‘ngilli o‘qituvchilaridan biri Madina. U nima uchun bu faoliyatni tanlaganligi haqida gapirdi:

 

“Afg‘oniston taraqqiyoti uchun qilinadigan ishlar ko‘p. Ayol o‘qituvchilar yetishmasligi sabab millionlab qizlar maktabga borish imkoniyatidan mahrum. Ular mamlakatning aksariyat hududlarida mavjud emas. Qizlar o‘rganishi uchun bu yerda dars berishni boshladim".

Uning qo‘shimcha qilishicha, bolalarning o‘rganishga ishtiyoqi katta.

 

"Ko‘chma maktabda o‘quvchilarga dars bersam, ularning yuzlarida baxt va umidni ko‘raman", – deydi u.

 

Bahriniso Madumarova

custom img

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

custom img

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Markaziy Osiyo yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantiriladi

Samarqandda Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Rim shahrida O‘zbekiston–Italiya oliygohlari rektorlari Ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim tizimidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

custom img

Endi o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmati qonun bilan himoyalanadi

Senatda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"