COVID–19 qayta avj olmoqda
So'nggi bir hafta ichida dunyoda koronavirus bilan kasallanish 18 foizga oshdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining haftalik epidemiologik byulleteniga ko‘ra, so‘nggi bir hafta ichida dunyoda koronavirus bilan kasallanish 18 foizga oshdi.
Hafta davomida koronavirus bilan kasallanish Sharqiy O‘rtayer dengizi mintaqasida 47, Yevropada 33, Janubi-Sharqiy Osiyoda 32 va Amerikada 14 foizga oshgan.
Bir hafta ichida butun dunyo bo'ylab 4,1 milliondan ortiq koronavirusga chalinish holati aniqlandi. Shuningdek, infeksiyadan o'lim holati Sharqiy O‘rtayer dengizi mintaqasida 22, Janubi-Sharqiy Osiyoda 15 va Amerikada 11 foizga oshgan.
Umuman olganda, butun dunyo bo‘ylab bir hafta ichida koronavirus tufayli 8,5 mingga yaqin o‘lim qayd etildi.







