Farg‘onadagi YTHda 3 nafar yigit halok bo‘ldi
Ular haydovchilik guvohnomasisiz avtomobil boshqargan.

17 yoshli yigit haydovchilik guvohnomasisiz Nexia‘ni boshqarishi oqibatida daraxtga borib urilgan va avtohalokat sodir etgan. Yana 3 nafar shu yoshdagi yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgan.
Maʼlum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani hududidagi yo‘lda shu tumanning Bekobod qishlog‘ida yashovchi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 2005-yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia avtomobilini boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Natijada, mashina yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.
Avtohalokat oqibatida haydovchi va mashinada bo‘lgan 2004 va 2005-yilda tug‘ilgan ikki nafar yo‘lovchi vafot etgan.
Shuningdek, avtomobil salonida bo‘lgan 2004 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi chap oyoq sinishi tan jarohati bilan, 2005-yilda tug‘ilgan yana bir yo‘lovchining o‘ng oyoq sinishi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgani aytilmoqda.
2004 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi esa bosh miya jarohati bilan shifoxonaga yetkazilgan.







