Jamiyat

Andijonda fuqarolar fast-fuddan zaharlandi

Hozirda 10 nafar bemorlar va kuzatuvdagi 17 kishining barchasi o‘zini yaxshi his etayotgani aytilmoqda.

Andijonda fuqarolar fast-fuddan zaharlandi

 

Qo‘rg‘ontepa tuman hokimligi voqeaga munosabat bildirdi.

 

Maʼulum qilinishicha, tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga keltirilgan bemorlarning soni asli 10 nafarni tashkil etadi. Bundan tashqari, ular bilan birga taomlangan 17 nafar yaqinlari va oila aʼzolari ham shifoxona xodimlari tomonidan kuzatuv uchun olib kelinib, nazorat qilinmoqda. 

 

Hozirda 10 nafar bemorlar va kuzatuvdagi 17 kishining barchasi o‘zini yaxshi his etmoqda.

 

Ularga tuman Tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari va hamshiralari uzluksiz xizmat ko‘rsatib turibdi.

 

Bu holatning kelib chiqishi bo‘yicha, suhbatlashilgan barcha bemorlar “Fresh-fud” nomli fast-fud taomlari markazi mahsulotlarini isteʼmol qilganini maʼlum qilishdi. Ularning barchasi kechagi kun davomida ushbu do‘konlardan mahsulot xarid qilishgan.

 

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tuman rahbariyati alohida faoliyat boshlagan. Tuman prokuraturasi esa, tegishli tartibda surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Andijonda fuqarolar fast-fuddan zaharlandi | Zamon.uz