Farg‘onada soliqchilar avtohalokatga uchradi
Ular orasida qurbonlar bor.

Joriy yilning 5-iyul kuni soat 12:30 lar atrofida Farg’ona viloyati Uchko‘prik tumani Sariqo‘rg‘on MFY hududida yo‘lning qarama-qarshi tomonida harakatlanib kelayotgan “Tico” va “Jiguli” rusumli avtomashinalar to‘qnashib ketishi natijasida YTH sodir bo‘ldi.
Aniqlanishicha, Furqat tuman davlat soliq inspeksiyasining 3 nafar xodimi “Tico” rusumli mashinada bo‘lgan. Oqibatda xodimlardan biri I.Rasulov voqea joyida vafot etgan. Turli darajada tan jarohatlari olgan N.O‘rolxonov Qo‘qon shahar Markaziy shifoxonasi, X.Eshonqulov esa Uchko‘prik tumani Markaziy shifoxonasi jonlantirish bo‘limlariga olib ketilgan va ayni vaqtda davolanish jarayoni davom etmoqda.
Ma’lumot o’rnida, shifoxonada davolanayotgan bemorlar holidan xabar olinib, zarur yordamlar ko‘rsatilmoqda.







