0

Bu yildan 1-sinf o‘quvchilari ingliz va rus alifbosini o‘qimaydi

Qozog‘iston Taʼlim-maorif vazirining maʼlum qilishicha, mamlakatda joriy yildan 1-sinf o‘quvchilari faqat bitta tilda taʼlim oladi.

Bu yildan 1-sinf o‘quvchilari ingliz va rus alifbosini o‘qimaydi

 

QR Taʼlim-maorif vaziri Asxat Aymag‘ambetov 1 sentyabrdan taʼlim sohasiga joriy etiladigan yangiliklarni qayd etdi. Yaʼni, joriy o‘quv yilidan boshlab qozoq maktabining birinchi sinfiga qatnaydigan bolalar faqat qozoq tilida taʼlim oladi.

 

«Bundan oldin birinchi sinf o‘quvchisi ingliz alifbosini o‘qishi kerak edi. Rus tilining alifbosini va qozoq tilining alifbosini o‘rganish kerak edi. 6 yoshli bola uchun bu juda qiyin. Bolaning rivojlanishi uchun ona tilini o‘rganish juda muhimdir. Biz shunday qarorga keldik. Bu yildan boshlab qozoq tilidagi maktabga boradigan bolalar faqat qozoq tilida o‘rganadi va yozadi», — degan vazir.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"