Jahon

Mercedes-Benz Rossiyadagi aktivlarini sotib yuborishi mumkin

"Mersedes-Bens Rus" avtoulov ombori va dilerlik markazini auksionlar orqali dilerlarga sotish ehtimoli bor.

Mercedes-Benz Rossiyadagi aktivlarini sotib yuborishi mumkin

 

Mercedes-Benz avtomobil konserni «Mersedes-Bens Rus»ning Rossiyadagi filiali mulkini dilerlardan biriga sotishi mumkin. Bu haqda «Kommersantʼ» manbalari xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, potensial xaridorlar orasida «Panavto», «Avtodom», «Avilon» va «Meydjor» bor. Nashr suhbatdoshlarining fikricha, bitim distribyutor huquqlarini dilerga o‘tkazish sxemasidan o‘tishi mumkin. Shuningdek, «Mersedes-Bens Rus» avtoulov ombori va dilerlik markazini auksionlar orqali dilerlarga sotishi mumkin.

 

Ehtimoliy kelishuvga Rossiyadagi mart oyidan beri yopilgan Mercedes-Benz zavodi kirmaydi. Unda Ukrainaga hujum va sanksiyalar fonida ishlab chiqarish to‘xtatilgan.

 

Kompaniya rasmiy ravishda Rossiyada biznes yuritish uchun turli xil variantlarni ko‘rib chiqayotganini maʼlum qildi. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi «hali aniq qarorlar yo‘q», deya tushuntirdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, «Panavto» dileri «Mersedes-Bens Rus» kompaniyasining distribyutor huquqlarini yoki mulkini qo‘lga kiritish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega. Taʼkidlanishicha, diler va konsern o‘rtasida «uzoq muddatli yaxshi munosabatlar» mavjud.

 

Mercedes-Benz Rossiyada ikkinchi eng mashhur premium avtomobil brendi hisoblanadi (birinchisi BMW). 2021 yil oxirida kompaniya Rossiyada 43 mingta avtomobil sotgan. AQSH sanksiyalari tufayli hozirja Rossiyaga Mercedes GL yetkazib berishning iloji yo‘q.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.