Jamiyat

Toshkent Markaziy Osiyoning eng qimmat poytaxti deb topildi

Numbeo shahar servislari reytingida O‘zbekiston markazi 465 o‘rinni egallagan.

Toshkent Markaziy Osiyoning eng qimmat poytaxti deb topildi

 

Toshkent mintaqaning eng qimmat poytaxti deb topildi.

 

Numbeo shahar servislari reytingida Toshkent yashash narxi bo‘yicha 510 poytaxt orasida 465 o‘rinni egallagan. Markaziy Osiyoning boshqa poytaxtlari — Nur-Sulton 475 o‘rinda, Bishkek esa 477 o‘rinda turibdi.

 

Tojikiston va Turkmaniston bosh shaharlari reytingga kiritilmagan.

 

Ro‘yxatda Bermud orollari poytaxti Gamilton yetakchilik qilgan. Undan keyingi besh o‘rin Shveysariyaning Bazel, Syurix, Sug, Lozanna, Bern va Jeneva shaharlariga nasib etgan. So‘nggi pog‘onalarni Pokiston shaharlari egallagan.

 

Toshkent Markaziy Osiyoning eng qimmat poytaxti deb topildi | Zamon.uz