Yevro va dollar qiymati 20 yilda ilk bor tenglashdi
Joriy yilda yagona Yevropa valyutasining kursi dollarga nisbatan qariyb 14 foizga, o‘tgan yilning iyuniga nisbatan esa 17,8 foizga pasaygan.

Bosimning asosiy omili energiya narxlari va Rossiya Federatsiyasidan gaz yetkazib berish bilan bog‘liq xavotirlardir.
Dinamikaga Vashington va Bryusselning pul-kredit siyosatidagi farqlar ham taʼsir ko‘rsatmoqda — Fed bazaviy stavkalarni oshiradi. YCB esa ularni past darajada ushlab turadi.







