0

O‘zbekiston yilning eng sayohatbop davlatlar ro‘yxatiga kiritildi

Amerikaning “Time” jurnali “Dunyoning eng zo‘r joylari” ro‘yxatini taqdim etdi.

O‘zbekiston yilning eng sayohatbop davlatlar ro‘yxatiga kiritildi

 

Joriy yil uchun “Dunyoning eng zo‘r joylari” ro‘yxatini taqdim etgan Amerikaning “Time” jurnalidagi 50 ta mamlakat qatoridan O‘zbekiston ham o‘rin olgan.

 

Jurnal tomonidan SovetIttifoqidan mustaqil bo‘lganiga 30 yil bo‘lgan O‘zbekistondagi yangi loyihalar va ochilishlar xorijiy sayohatchilarga Markaziy Osiyo mamlakatini yanada qulayroq o‘rganish imkonini berishi qayd etilgan.

 

“2011-yilda ochilgan tezyurar poyezdlar tarmog‘i hozirda Xivaning qadimiy Ipak yo‘li bekatigacha kengaytirilmoqda, bu esa poytaxt Toshkentdan UNESCO'ning Butunjahon merosi ob’yektlariga sayohat qilishni osonlashtiradi. Ipak yo‘lining yana bir shahri Samarqandda joriy yilda kitobga o‘xshash yangi aeroport terminali ochildi”, deyiladi nashrning O‘zbekistonga keltirgan ta’rifida.

 

Xususan, joriy yilning kuzida ochiladigan 640 gektar maydonda joylashgan va Samarqand eshkak eshish kanalini o‘z ichiga olgan “Ipak yo‘li Samarqand” majmuasi ham tilga olingan. Kompleks tarkibiga 22 qavatli “Samarkand Regency Amir Temur” nomli dunyoning yetakchi mehmonxonasi va yana yettita mehmonxona kiradi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"