Jamiyat

31 yoshli fuqaro 8-sinf o‘quvchisiga aldandi

Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

31 yoshli fuqaro 8-sinf o‘quvchisiga aldandi

 

15 yoshli bola fuqarolarni aldab, pullarini qo‘lga kiritib, pullarni “PUBG” onlayn o‘yiniga tikib kelgani aniqlandi.

 

Unga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan D.I. ichki ishlar organiga ariza bilan murojaat qilib, firibgar tuzog‘iga tushganligini va pullaridan ayrilganini aytgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, noʼmalum shaxs telegram messenjeri orqali unga “Omad shou” dasturida pul yutug‘ini yutib olganligi to‘g‘risida xabar yuborgan. So‘ng uning ishonchiga kirib, yutuq pullarini bank plastik kartasiga o‘tkazib berishini aytgan. O‘z navbatida fuqaro unga o‘z plastik raqami maʼlumotlarini bergan. Lekin yutuq pullaridan umid qilib o‘tirgan D.I. biroz o‘tib, bor pulidan ham ayrilgan. Plastik kartasidagi bir million so‘mga yaqin pullar yechib olingan.

31 yoshli fuqaro 8-sinf o‘quvchisiga aldandi | Zamon.uz