Rossiyada zo‘ravon ish beruvchi jinoiy javobgarlikka tortildi
Fuqarolarimiz murojaati Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan ijobiy hal etildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Volgograd shahridagi vakili murojaatni o‘rganish maqsadida zudlik bilan Volgograd viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati bilan korxonaga reyd uyushtirildi. Reyd davomida viloyatning barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari ishtirok etdi.
Maʼlum bo‘lishicha, o‘zbek fuqarolarining barcha hujjatlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilib, kuch ishlatilgan va hech qanday oylik maoshsiz majburiy mehnatga jalb qilingan.
Natijada ish beruvchi hibsga olinib, jinoiy javobgarlikka tortildi.
Barcha yurtdoshlarimizning pasport va oylik maoshlari olib berildi.







