Nima uchun Ukraina bosh prokurori va xavfsizlik xizmati rahbari ishdan olindi?
Zelenskiy buning sababini ochiqladi.

Kecha Ukraina prezidenti mamlakat bosh prokurori va xavfsizlik xizmati rahbarini ishdan bo‘shatdi. Vladimir Zelenskiy buning sababini ochiqladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikkala organ vakillari orasida davlatga xiyonat jinoyati holatlari ko‘paygan. Hozirda 651 ta shunday ish ko‘rilayotgani aytilgan.
"Bu kabi holatlar mazkur idora rahbarlari oldiga jiddiy savollarni qo‘yadi. Bu savollarning har biriga zarur javoblar olinadi", — degan Ukraina rahbari.
Zelenskiy prokuratura va xavfsizlik xizmatining ayrim xodimlarini Rossiya tomoni bilan hamkorlikda ayblagan.
Avvalroq Ukraina armiyasida katta talafotlar borligi tan olingandi.







