Yoqib yuborilgan yuk mashinasi g‘ijduvonliklarga tegishli bo‘lib chiqdi
Qoraqalpog‘iston voqealarini Komissiya o‘rganmoqda.

Shu kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022-yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya aʼzolari guruhlarga bo‘lingan holda o‘rganishlar olib bormoqda.
Xususan, komissiya aʼzolari bo‘lib o‘tgan voqealardan jabr ko‘rgan fuqarolar — Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi Umid Muhamedov va Iskandar Ikromovlar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqishdi.
Maʼlum bo‘lishicha, ularga tegishli bo‘lgan avtomashina bo‘lib o‘tgan voqealar oqibatida yonib ketgan. Avtomashinaning holati voqea sodir bo‘lgan joyga borgan holda o‘rganildi.







