Samarqandlik o‘quvchi 16 yil deganda “metrika”li bo‘ldi
U rasmiy hujjatga Adliya bo‘limi saʼy-harakatlari bilan erishdi.

Urgut tuman adliya bo‘limiga “Mazortepa” MFYda yashovchi fuqaro L.Jabborova 2006 yilda tug‘ilgan farzandining hozirgi kunga qadar tug‘ilganligi qayd etilmaganligini va bolaning tug‘ilganlik xaqida guvohnomasi yo‘qligini bildirib, unga tug‘ilganlik xaqida guvohnoma olishda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.
Haqiqatan ham uning 2006-yilda tug‘ilgan o‘g‘li nomida tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi FHDYO organlarida mavjud emasligi murojaatni o‘rganish jarayonida maʼlum bo‘ldi.
Adliya bo‘limining saʼy-harakatlari bilan 2006 yilda tug‘ilgan A.Mo‘minovning tug‘ilganligi Urgut tuman 1-son FHDYO bo‘limi tomonidan rasmiylashtirilib, tug‘ilganlik xaqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilib, fuqaro rasman tug‘ilganlik haqidagi hujjatga ega bo‘ldi.







