Jahon

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan firibgar O‘zbekistonda ushlandi

U 8 yildan beri qidiruvda bo‘lgan.

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan firibgar O‘zbekistonda ushlandi

 

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Interpol MMB xodimlari tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan chet el fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi. 

 

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlar 2014-yil yanvar oyida Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish organlari tashabbusi bilan xalqaro qidiruvga berilgan 54 yoshli xorijiy davlat fuqarosi O‘zbekiston IIV Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan ushlanganini ko‘rsatdi.

 

U birovlarning mulkini o‘g‘irlab, o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik holatini sodir etgani uchun unga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi belgilangan.

 

Shuningdek, nur-sultonlik Interpol Milliy markaziy byurosidagi xodimlarga firibgar Qozog‘istonda keyingi jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun ekstraditsiya qilinishidan oldin qo‘lga olingani haqida maʼlumot kelib tushgani aytilmoqda.

 

Hozirda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan uni Qozog‘istonga ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"