Andijonda ikki fuqaro kanalizatsiyaga tushib ketdi
Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelganda ularning hushini yo‘qotgan bo‘lgan.

FVВga ko‘ra, Andijon shahrida 2 fuqaro taʼmirlash maqsadida chuqurligi 10 metr bo‘lgan yerosti quvuriga tushib, qaytib chiqa olmadi.
Qutqaruvchilar yetib borganda quduqdagi fuqarolarning sog‘lig‘i yomonlashib, hushini yo‘qotganligi maʼlum bo‘ldi.
Jabrlanuvchilar quduqdan chiqarib olinib, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.







