Toshkentning ayrim joylarida suv ta’minoti to‘xtab qoldi
Bunga elektrdagi nosozlik sabab bo‘lgan.

“Qodiriya” bosh suv inshootida yuzaga kelgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq nosozlik sababli poytaxtning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hozirda maxsus ta’mirlash guruhi tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq nosozlikni bartaraf etish ishlari jadal davom etmoqda.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Yaqin soatlarda suv ta’minoti qayta tiklanadi”, — deyiladi rasmiy xabarda.








