Guterrish: Afg‘oniston barqarorligida qo‘shni davlatlar pozitsiyasi muhim
BMT bosh kotibi Toshkent konferensiyasi ishtirokchilariga murojaat qildi.

BMT Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrishning Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida so‘z boradi.
“BMT Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishiga, gumanitar yordam berishda, barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashda va inson huquqlarini himoya qilishda davom etadi”, – degan bosh kotib.
Guterrish afg‘on zaminida barqarorlik o‘rnatilishida qo‘shni davlatlarning roli yuqori ekanini qayd etgan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaat yo‘llagandi.







